Isroilning “Mossad” razvedka xizmati HAMAS bilan kelishuv loyihasini taqdim etdi

Dunyo

Maʼlum boʻlishicha, “Mossad” rahbari David Barnea harbiy vazirlar mahkamasi vazirlariga 9 banddan iborat “prinsipial hujjat”ni taqdim etgan.

Isroilning “Mossad” razvedka xizmati HAMAS bilan kelishuv loyihasini taqdim etdi
Isroilning “Mossad” razvedka xizmati rahbari David Barnea Falastinning HAMAS harakati bilan jangovar harakatlarni vaqtincha to'xtatish va garovga olinganlar bilan almashish bo'yicha potentsial kelishuv loyihasini taqdim etdi. Bu haqda Isroilning N12 telekanali xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, bitim bir necha bosqichda amalga oshirilishi mumkin. Birinchi bosqichda 35 kunlik jangovar harakatlarni to'xtatish evaziga 35 nafar isroillik ayolni ozod qilish ko’zda tutilgan. Kelishuv ikkinchi bosqich bo'yicha muzokaralar olib borish uchun yana bir haftaga uzaytirilishi mumkin. Keyin fuqaro mudofaasi a'zolari, yigitlar va Isroil Mudofaa kuchlari askarlari ozod qilinishi kerak bo’ladi.

Eslatib o’tamiz, avvalroq Falastinning HAMAS radikal harakati jangarilari uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm qilinganlarni ozod qilishni talab qilmasdan, falastinliklarni bosqichma-bosqich ozod qilishga rozi bo‘lgani xabar qilingandi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing