Istanbulda qurolli hujum, qurbonlar bor

Dunyo

Istanbulning Sanjaktepe tumanida qurolli hujum uyushtirildi. Bu haqda Habertürk nashri xabar bermoqda.

Istanbulda qurolli hujum, qurbonlar bor
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanuvchi mashinadan chiqib ketayotib, noma’lum shaxslar tomonidan hujumga uchragan.

Jabrlanuvchi voqea joyida vafot etgan.

Hozirda tergov ishlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Türkiye gazetasi xabariga koʻra, 3-aprel kuni Istanbulning Küçükchekmece tumanida nomaʼlum shaxslar mehmonxonaga qurolli hujum uyushtirgan edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing