Italiya Prezidenti O‘zbekistonga keladi
Siyosat
Italiya Prezidenti Serjo Mattarella mamlakatning Osiyodagi istiqbolini mustahkamlash va hozirgi xalqaro panoramada katta strategik ahamiyatga ega ikki davlat bilan hamkorlik qilish maqsadida ikki tomonlama missiya bilan Janubiy Koreya va O‘zbekistonga keladi.
Italiya Prezidenti Serjio Mattarella Janubiy Koreyaga tashrifini yakunlab, 9-noyabr kuni O‘zbekistonga boradi. Bu haqda Italiyaning “Nova” nashri xabar berdi.
10-noyabr kuni Toshkentda Mattarella Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashadi. Italiya va O‘zbekiston Prezidentlari sarmoyalarni himoya qilish, ilmiy-madaniy hamkorlik bo‘yicha qator muzokaralarda ishtirok etadi.
Tashrif 11-noyabr kuni Samarqand shahrida yakunlanadi.

Powered by Froala Editor