Italiya soliq tekshiruvidan soʻng “Airbnb”dan 780 million yevro undirdi
Dunyo
Prokurorlarning ta'kidlashicha, onlayn turar joy xizmati yillar davomida italiyalik ijara beruvchilardan talab qilinganidek soliq yig'magan.
Italiya politsiyasi soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlikda ayblab, onlayn turar joy giganti “Airbnb”dan 779,5 million yevro miqdoridagi pul mablagʻlarini undirdi.
Prokurorlarning ta'kidlashicha, kompaniya 2017 va 2021-yillar oralig'ida italiyalik uy egalaridan ijara daromadlaridan talab qilinadigan 21 foiz soliqni undirmagan.
Ma’lum qilinishicha, musodara kompaniyaning Irlandiyadagi Yevropa shtab-kvartirasi va ushbu davrda boshqaruv lavozimlarida ishlagan uch shaxsni qamrab olgan.
“Airbnb” bu harakatdan "hayratlangani va hafsalasi pir bo'lganini" aytdi va bu masalani hal qilish uchun iyun oyidan beri Italiya soliq idoralari bilan muzokaralar olib borayotganini ma’lum qilgan.
“Ishonchimiz komilki, biz qonunga to‘liq amal qilganmiz va bu masala bo‘yicha o‘z huquqlarimizdan foydalanish niyatidamiz”, deyiladi kompaniyaning bayonotida.

Powered by Froala Editor