Italiya Ukraina urushini tugatish uchun diplomatik sa'y-harakatlarga chaqirmoqda

Dunyo

Italiya mudofaa vaziri Gido Krosetto G‘arb davlatlarini Ukrainada tinchlikka erishish uchun barcha mavjud diplomatik vositalardan foydalanishga chaqirdi. Uning so'zlarini Il Messaggero gazetasi keltirdi.

Italiya Ukraina urushini tugatish uchun diplomatik sa'y-harakatlarga chaqirmoqda
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainadagi mojaro barcha manfaatdor tomonlarni kelishuv jarayoniga jalb qilish orqaligina hal qilinadi. Krosettoning fikricha, avvalo o‘t ochishni to‘xtatish, keyin esa keng qamrovli tinchlikka erishish kerak.

“G‘arb diplomatiya uchun mavjud bo‘lgan har qanday usul va imkoniyatlarni, hatto kichiklarini ham rad etmasligi kerak”, — dedi u.

Avvalroq Vengriya TIV rahbari Peter Siyarto Ukrainadagi mojaro muzokaralar bilan tugashiga to’liq aminlik bildirgandi. Ammo bu muzokaralar qachon boshlanadi, degan savol hanuzgacha javobsiz qolmoqda. Bu qanchalik tez sodir bo'lsa, shunchalik kam odam nobud bo'ladi va vayronagarchilik kamroq bo'ladi, deb ta'kidlagandi Vengriya diplomati.

Eslatib o‘tamiz, 2022-yilning 24-fevralida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainani “demilitarizatsiya” va “denatsifikatsiya” qilish bo‘yicha maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qilgan edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing