Janubiy Koreya, AQSh va Yaponiya geosiyosiy xavflarni muhokama qiladi
Dunyo
Janubiy Koreya, AQSh va Yaponiyaning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchilari shu hafta Seulda uchrashib, mintaqaviy geosiyosiy xatarlarga, jumladan, Shimoliy Koreya tahdidlariga javob choralarini muhokama qiladi. Bu haqda Janubiy Koreyaning AQShdagi elchisi Cho Hyun-dongga tayanib, “Yonhap” agentligi ma’lum qildi.
Janubiy Koreyaning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Cho Tae-yong va uning amerikalik va yaponiyalik hamkasblari Jeyk Sallivan va Takeo Akiba 8-9 dekabr kunlari uch tomonlama muzokaralar o‘tkazish niyatida.
Elchining qayd etishicha, Shimoliy Koreyaning yaqinda orbitaga razvedka sun’iy yo‘ldoshini uchirgani uch davlat o‘rtasida xavfsizlik sohasida hamkorlik zarurligini ko‘rsatadi.
Elchining qayd etishicha, Shimoliy Koreyaning yaqinda orbitaga razvedka sun’iy yo‘ldoshini uchirgani uch davlat o‘rtasida xavfsizlik sohasida hamkorlik zarurligini ko‘rsatadi.
Powered by Froala Editor