Janubiy Koreya Prezidenti Yoon Suk-yeolga Impeachment E’lon Qilindi
Dunyo
Janubiy Koreya parlamentida prezident Yoon Suk-yeolga impeachment e’lon qilish masalasi bir hafta ichida ikkinchi marta ovozga qo‘yildi. Bu safar 204 deputatning ma’qullashi, 85 nafar a’zoning qarshi ovoz berishi bilan prezident o‘z lavozimiga noloyiq deb topildi. Ushbu qaror kuchga kirishi uchun uni Konstitutsiyaviy sud tasdiqlashi zarur.
14-dekabr kungi ovoz berish jarayonida hukmron “Xalq qudrati” partiyasining prezidentdan yuz o‘girishi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi. Prezidentning partiyasi 7-dekabr kungi impeachmentni boykot qilgan edi, natijada muxolifat davlat rahbarini lavozimidan chetlatishga erisha olmagan edi.
O‘tgan bir hafta davomida bo‘lib o‘tgan namoyishlar fonida hukmron partiya prezidentni qo‘llamaslikka qaror qildi.
Impeachment to‘g‘risidagi qarorning Konstitutsiyaviy sud tomonidan ko‘rib chiqilishi 6 oygacha davom etishi mumkin. Sudyalar impeachmentni tasdiqlashi yoki Yoon Suk-yeolni lavozimiga tiklashi kerak.
Yoon Suk-yeol — Janubiy Koreyaning 13-prezidenti. U 2019-2021 yillarda mamlakat bosh prokurori bo‘lgan, 2022 yilgi saylovda g‘olib bo‘lib, prezident lavozimini egallagan.
O‘tgan haftada Janubiy Koreyada sodir bo‘lgan asosiy voqealar:
Payshanba kuni Yoon televizion murojaatida harbiy holat e’lon qilish qarorini himoya qilib, uni lavozimidan chetlatish urinishlariga qarshi “oxirigacha kurashishini” e’lon qildi. U mamlakatni davlatga qarshi kuchlardan himoya qilishga harakat qilganini ta’kidladi.
Chorshanba kuni politsiya Yoonning ofisiga tintuv uyushtirishga urindi, ammo xavfsizlik xodimlari asosiy binoga kirishga ruxsat bermadi.
Xuddi shu kuni Yoonning sobiq mudofaa vaziri Kim Yong Xyon Seuldagi hibsxonada o‘z joniga qasd qilishga urindi, biroq qamoqxona xodimlari uni to‘xtatib qolishga muvaffaq bo‘ldi. Kim qo‘zg‘olonni boshqarishda va hokimiyatni suiiste’mol qilishda ayblanib hibsga olingan edi.
Parlament mamlakatning politsiya boshlig‘i va Seul metropoliten politsiyasi rahbarini iste’foga chiqardi.
Dushanba kuni Yoon mamlakatni tark etish taqiqiga duchor bo‘ldi, seshanba kuni esa ichki ishlar va mudofaa vazirlariga ham safar qilish man etildi. Harbiy holat komandiri general Pak An Su allaqachon shunday taqiq ostida edi.

Powered by Froala Editor