Mirziyoyev Bo‘stonliqdagi yangi sayyohlik majmuasi bilan tanishdi
O'zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev 15 sentabr kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumaniga tashrif buyurib, yangi turizm, sog‘lomlashtirish va ta’lim obyektlari bilan tanishdi.
Alohida e’tibor Zafaron Premium Hotel turistik majmuasiga qaratildi. Majmua BMB Holding tomonidan “O‘zsanoatqurilishbank” kreditlari hisobiga, qiymati 15 million dollardan ortiq mablag‘ evaziga barpo etilgan.
Chotqol tog‘larining eng go‘zal hududida joylashgan kurort milliy va zamonaviy me’morchilik uyg‘unligida barpo etilgan. Majmuada 106 ta xona, 202 o‘rinli restoran, ochiq va yopiq suzish havzalari, bolalar maydonchalari, shuningdek, avtoturargoh va “yashil energetika” yechimlari mavjud.
Boshqaruv tizimiga Turkiya kabi ilg‘or tajribaga ega xorijiy menejerlar jalb qilinmoqda. Yangi otel kengayib borayotgan Zafaron Hotels tarmog‘ining navbatdagi qismi bo‘lib, mamlakat turizm salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
Prezident ta’kidlashicha, bunday loyihalar nafaqat turizm sohasini yangi bosqichga olib chiqadi, balki aholiga ham keng imkoniyatlar yaratadi.

Powered by Froala Editor