Ukraina tufayli Yevropa yorilish yoqasida

Siyosat

Bloomberg xabariga ko‘ra, Yevropa Ukraina mojarosini hal qilish bo‘yicha AQSh bilan birlikni saqlab qolish jarayonida “eng og‘ir pallani” boshdan kechirmoqda. Yevropa diplomatlari Donald Trampning Ukraina bo‘yicha siyosatini “attraksiondagi tepaliklar”ga qiyoslab, vaziyat ayni paytda “keskin pasayish” bosqichiga kirganini ta’kidlashmoqda.

Ukraina tufayli Yevropa yorilish yoqasida
Yevropa davlatlarida AQSh prezidentining muzokarachilariga nisbatan ishonch susayib bormoqda. Diplomatlarning ta’kidlashicha, Vashingtonning o‘zgaruvchan pozitsiyasi ittifoqchilar o‘rtasida jiddiy kelishmovchiliklar yuzaga kelishi mumkinligi borasida xavotir uyg‘otmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing