Saida Mirziyoyeva Xitoy bilan hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini muhokama qildi

O'zbekiston

Bugun Toshkentda Saida Mirziyoyeva Xitoy Xalqaro Kommunikatsiya Markazi raisi Long Yujsyan bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tomonlar O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi doimiy strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish masalalarini muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva Xitoy bilan hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini muhokama qildi
Suhbat chog‘ida markazning ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash va turli sohalardagi qo‘shma loyihalarni ilgari surishdagi muhim roli qayd etildi. Ta’lim, fan, madaniyat va turizm yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv ishtirokchilari ikki davlat hamkorligini mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslarni doimiy muvofiqlashtirib borish zarurligini ta’kidladilar.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing