Prezident yosh tadqiqotchi E’zozbek Ozodovning yutuqlarini e’tirof etdi

O'zbekiston

Bo‘stonliq tumanida o‘qituvchi va murabbiylar bilan uchrashuv chog‘ida Prezident Shavkat Mirziyoyev yosh olim, Interhouse Lyceum STEAM o‘qituvchisi va “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti ilmiy xodimi E’zozbek Ozodovni alohida qo‘llab-quvvatladi.

Prezident yosh tadqiqotchi E’zozbek Ozodovning yutuqlarini e’tirof etdi
Uchrashuvda E’zozbek Ozodov o‘z loyihasini taqdim etdi. Davlat rahbari unga samimiy murojaat qilib: «Sendek farzandim borligidan g‘ururlanaman, E’zozbek», dedi.

Yosh olim mamlakatimizda yangi avlod tadqiqotchilarining yorqin namoyandalaridan biri bo‘lib, ilm-fan va ta’lim taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shmoqda

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing