Janubiy Koreya sobiq prezidenti sudga chiqadi
Dunyo
Janubiy Koreya sobiq prezidenti Yun Sok Yol dekabr 2024 yilda kiritilgan harbiy holat bilan bog‘liq to‘rtta jinoyat ishidan birinchi bo‘yicha 10 yilga qamoq jazosiga tortilishi mumkin. Sud qarori 16 yanvarda e’lon qilinadi.
Janubiy Koreya maxsus prokurori sobiq prezident Yun Sok Yolni adolatga to‘sqinlik qilganlikda ayblab, unga 10 yil qamoq jazosini berishni talab qildi. Yakuniy tinglov 26 dekabrda Seul Markaziy okrug sudida bo‘lib o‘tdi.
Prokuratura Yun Sok Yolni 2025 yil yanvarda hibsga olinmaslikka uringanlikda va harbiy holat rejasini muhokama qilish majlisiga chaqirilmagan kabinet a’zolarining huquqlarini buzganlikda ayblamoqda.
Bu sobiq prezidentga qarshi ochilgan to‘rtta jinoyat ishlaridan birinchisi. Barcha ishlar 2024 yil dekabridagi harbiy holat bilan bog‘liq bo‘lib, asosiy ayblov fitna uyushtirishdir.
Dekabr 2024 yilda Yun Sok Yol «kommunistik kuchlardan» himoya qilish uchun harbiy holat joriy qilganini e’lon qilgan va muxolifatni «davlatga qarshi faoliyat»da ayblagan. Parlament farmonni bekor qilgan, Konstitutsiyaviy sud 2025 yil aprel oyida impichmentni tasdiqlagan.
2025 yil iyun oyida Janubiy Koreyada muddatidan oldin prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi, g‘alabani muxolifatdagi Demokratik partiya yetakchisi Li Je Myon qo‘lga kiritdi.
Birinchi ish bo‘yicha sud hukmi 16 yanvarda e’lon qilinishi kutilmoqda, bu sobiq prezidentning hibs muddati tugashidan ikki kun oldin.

Powered by Froala Editor