Japarov Mirziyoyevga Qirg‘iziston harbiy vertolyotini taʼmirlashda koʻrsatgan yordami uchun minnatdorlik bildirdi
Siyosat
Qirgʻiziston Prezidenti O‘zbekiston yetakchisiga Facebook’dagi sahifasida MI - 8 MTV harbiy vertolyotini taʼmirlagani uchun minnatdorchilik bildirdi. Japarov 2021- yilda O‘zbekiston Qirg‘izistonga gumanitar yordam sifatida MI - 8 MTV sovg‘a qilganini ham eslatdi.
Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov o‘zining Facebook’dagi sahifasida O‘zbekiston yetakchisi Shavkat Mirziyoyevga harbiy vertolyotni ta’mirlashda ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorlik bildirdi. Japarovga ko‘ra, Qirg'iziston harbiy samolyotlari parki yana ikkita vertolyot bilan to'ldirilgan.
“Ikki davlat Prezidentlari erishgan kelishuvga muvofiq, 2021-yilda qardosh O‘zbekiston Respublikasi Qirg‘iziston Respublikasiga bepul insonparvarlik yordami sifatida MI-8MTV harbiy vertolyotini taqdim etgan va bu havo kuchlarimiz mutaxassislari tomonidan qabul qilingan. Shundan soʻng Qirgʻiziston harbiy aviaparkidagi xuddi shunday vertolyotlardan biri Oʻzbekiston davlatga qarashli Chirchiq aviataʼmirlash zavodiga kapital taʼmirlash uchun topshirildi.
Ta’mirlash ishlarini olib borish uchun to‘liq mas’uliyatni O‘zbekiston Mudofaa vazirligi o‘z zimmasiga oldi. Va yaqinda O‘zbekistonning tegishli tuzilmalari vertolyotimiz to‘liq ta’mirlanib, jihozlangani haqida xabar berdi”, deydi Sadir Japarov.
Qo‘shimcha qilinishicha, Qirg‘iziston Mudofaa vazirligi mutaxassislari vertolyotni qabul qilib, Chirchiq-O‘sh, O‘sh-Bishkek yo‘nalishi bo‘ylab yetkazib bergan. Ayni paytda samolyot o‘z ishini bajarishga to‘liq tayyor.
“Bularning barchasi, albatta, O‘zbekiston Prezidenti, muhtaram Shavkat Mirziyoyevning ko‘magi va nazorati bilan amalga oshdi. Shu munosabat bilan Shavkat Miromonovichga chuqur minnatdorchiligimni bildiraman.
Shunday qilib, Qirg‘iziston harbiy samolyotlari parki yana ikkita vertolyot bilan to‘ldirildi”, deydi Sadir Japarov.

Powered by Froala Editor