Javohir Sindarov O‘zbekiston tarixida ilk bor Shaxmat Jahon Kubogi finaliga chiqdi

Sport

Javohir Sindarov o‘zbekiston shaxmat tarixida ilk bor Jahon Kubogi finaliga chiqib, 2026-yilgi Nomzodlar turniriga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Yarim finalda u Nodirbek Yakubboyev ustidan g‘alaba qozondi.

Javohir Sindarov O‘zbekiston tarixida ilk bor Shaxmat Jahon Kubogi finaliga chiqdi
Hindistonning Goa shtatida o‘tayotgan FIDE Jahon Kubogi 2025 turniri keyingi Nomzodlar turniri ishtirokchilarini aniqlab bermoqda. Yarim final haqiqiy o‘zbek derbisiga aylandi — final yo‘llanmasi uchun Javohir Sindarov va Nodirbek Yakubboyev bahs olib bordi.

Qizg‘in kurashda Sindarov 2,5:1,5 hisobida g‘alaba qozonib, nafaqat finalga, balki 2026-yilgi Nomzodlar turniriga ham yo‘llanma oldi. Bu — O‘zbekiston shaxmat tarixidagi ilk tarixiy natija.

Finalda Sindarov xitoylik grossmeyster Vey Iga qarshi maydonga chiqadi.

Nodirbek Yakubboyev esa uchinchi o‘rin uchun kurashni davom ettiradi — uning raqibi neytral bayroq ostida ishtirok etayotgan Andrey Esipenko bo‘ladi. Ushbu uchrashuv g‘olibi ham Nomzodlar turniriga yo‘llanma oladi.

Nomzodlar turniri 2026-yil 28-mart — 16-aprel kunlari Kiprda o‘tkaziladi. Hozirda unda qatnashishi tasdiqlangan shaxmatchilar:
Fabiano Caruana (AQSh), Anish Giri (Niderlandiya), Matthias Bluebaum (Germaniya), Hikaru Nakamura (AQSh), Javohir Sindarov (O‘zbekiston), Van Yue (Xitoy).

Jahon Kubogi g‘olibi amaldagi jahon chempioni — hindistonlik Gukesh Dommaraju bilan unvon uchun o‘ynaydi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing