JCh-2026 chiptalariga bo‘lgan talab rekord darajaga yetdi

Sport

2026 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati boshlanishiga hali vaqt bor, ammo turnir allaqachon rekord o‘rnatdi: FIFA ikki hafta ichida 150 milliondan ortiq chipta so‘rovini qabul qildi.

JCh-2026 chiptalariga bo‘lgan talab rekord darajaga yetdi
FIFA prezidenti Janni Infantino 2026 yilgi jahon chempionatiga bo‘lgan qiziqish misli ko‘rilmagan darajada ekanini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, oldindan sotuvning dastlabki 15 kunida guruh bosqichi o‘yinlari uchun 150 milliondan ortiq chipta so‘rovi kelib tushgan.

Bu kuniga o‘rtacha 10 millionga yaqin so‘rov to‘g‘ri kelishini anglatadi. Eng faol muxlislar AQSh, Germaniya va Buyuk Britaniyadan bo‘lgan.

2026 yilgi jahon chempionati tarixda ilk bor uch davlat — AQSh, Meksika va Kanada mezbonligida o‘tkaziladi. Turnirda 48 ta terma jamoa ishtirok etadi.

Amaldagi jahon chempioni — 2022 yilda Qatarda g‘olib chiqqan Argentina terma jamoasi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing