JCH: Bugun tunda Oʻzbekiston U-20 jamoasi muhim uchrashuvni oʻtkazadi

Sport

26-may kuni Argentinada 20 yoshgacha bo‘lgan oʻsmirlar o‘rtasida futbol boʻyicha Jahon chempionati guruh bosqichi 3-tur o‘yinlariga start beriladi. “A” guruhida Oʻzbekiston terma jamoasi Gvatemalaga qarshi soʻnggi bellashuvga chiqadi.

JCH: Bugun tunda Oʻzbekiston U-20 jamoasi muhim uchrashuvni oʻtkazadi
Mezbon Argentina Yangi Zelandiya ustidan gʻalab qozonsa va yoshlarimiz Gvatemalani magʻlub etsa O‘zbekiston 2-o‘rin bilan keyingi bosqichga chiqadi. Ya’ni, yoshlarimiz ushbu oʻyinda faqatgina gʻalaba uchun maydonga tushadi.

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Gvatemalaga qarshi 3-tur o‘yinida to‘liq oq libosda o‘ynaydi. Uchrashuvni misrlik Muhammad Ma’ruf boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Unga qanotlarda jazoirlik Abbos Akram hamda marokashlik Zakariya Brinsi yordam beradi. To‘rtinchi hakam sifatida mavritaniyalik Abdulaziz Buh ishlaydi. Videotakrorlar bilan bosh hakamga yordam berish uchun misrlik Amr Al-Shinavi hamda marokashlik Hamza Al-Fariq tayinlandi.

Uchrashuv 27-mayga oʻtar kechasi soat 02:00 da start oladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing