Jizzaxda “BMB Agro Plus” korxonasi ochildi: Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashda yangi bosqich
Biznes
Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida joylashgan “BMB Agro Plus” korxonasi ochilishi bilan O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash sohasida yangi qadam qo‘ydi. Mazkur loyiha yurtimizda yetishtirilgan meva-sabzavotlarni zamonaviy texnologiyalar asosida qayta ishlash va eksportga yo‘naltirishni ko‘zda tutadi.
Korxona umumiy qiymati $34,6 million bo‘lgan investitsiyaviy loyiha doirasida amalga oshirildi. Birinchi bosqichda Belgiya, Italiya, Turkiya va Xitoy davlatlaridan olib kelingan zamonaviy uskunalar yordamida yiliga 40 ming tonnadan ortiq meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash imkoniyati yaratildi. Xususan, yiliga 21 ming tonna mahsulot birlamchi qayta ishlanib, 12,5 ming tonna quritilgan mahsulot va 5 ming tonna pyure, murabbo, tomat va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi.
Loyiha ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda murabbo, konserva, pyure va pasta kabi mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Ikkinchi bosqichda esa meva-sabzavotlarni sublimatsion usulda quritish va shok muzlatish texnologiyalari qo‘llaniladi.
Korxona to‘liq ishga tushirilgandan so‘ng, bu yerda 400 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Ushbu loyiha mustaqillikning 33 yillik shodiyonasi arafasida hudud aholisiga munosib sovg‘a bo‘ldi.

Powered by Froala Editor