Jo Bayden ketishidan oldin muhojirlarga katta yordam berdi

Dunyo

Jo Bayden ma'muriyati prezidentlik muddati tugashidan oldin, muhim qaror qabul qildi. U AQShda yashovchi 230 mingga yaqin salvadorliklar va 600 mingdan ortiq venesuelaliklar uchun vaqtinchalik gumanitar himoya muddatini uzaytirdi. Ushbu choralari muhojirlarni deportatsiya qilishga va'da bergan Tramp ma'muriyatidan ularni himoya qilish maqsadida amalga oshirildi.

Jo Bayden ketishidan oldin muhojirlarga katta yordam berdi
Departamentning bayonotiga ko‘ra, El Salvadordagi tabiiy ofatlar va ob-havo ekstremal sharoitlari hamda Venesueladagi siyosiy va iqtisodiy inqiroz sabab, ular vataniga qaytishini istashmaydi.

Vaqtinchalik himoyalangan maqom (TPS) tizimi muhojirlarga AQShda qonuniy ravishda yashash va ishlash imkoniyatini beradi. Ammo bu maqom fuqarolikka olib boradigan uzoq muddatli yo'lni ta'minlamaydi. Salvadorliklar TPS tizimidagi eng yirik guruh bo‘lib, ular 2001 yildagi zilzila tufayli kelib qolishgan.

Donald Tramp oldingi prezidentligi davrida TPS bekor qilinishi kerakligi haqida takliflar bergan edi. Ammo bu jarayon sudlar tomonidan to'xtatilgan edi. Bayden ma'muriyati, yana shu kabi holatlarning oldini olish maqsadida  muhojirlarni qo'llab-quvvatlamoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing