Jo Bayden prezidentlik vakolati tugashidan oldin hibisxonadagilarni ozodlikka chiqardi

Dunyo

AQSh prezidenti Jo Bayden o‘z prezidentlik vakolati tugashidan oldin 39 jinoyatchini afv etdi va qariyb 1500 qonunbuzarga nisbatan jazo muddatlarini qisqartirdi. Bu haqida 12-dekabr, payshanba kuni Baydenning so‘zlariga asoslanib Oq uy xabar berdi.

Jo Bayden prezidentlik vakolati tugashidan oldin hibisxonadagilarni ozodlikka chiqardi
"Amerika imkoniyatlar va ikkinchi imkoniyatga asoslangan mamlakatdir", "Tavba qilgan va o‘zlarini tiklashga muvaffaq bo‘lgan insonlarni afv etish men uchun sharafdir", - dedi Bayden.

Oq uy ma’lumotiga ko‘ra, afv qilingan barcha shaxslar "muvaffaqiyatli reabilitatsiya" o'tagan va o‘z jamiyatlarini xavfsizroq qilishga intilgan shaxslar. Jazo muddatlari qisqartirilgan mahbuslar esa COVID-19 pandemiyasi davrida uy qamog‘iga chiqarilgan va o‘z jazolarining kamida bir yilini uy sharoitida o‘tkazganlar. Bayden 1-dekabr kuni o‘g‘li Xanter Baydenni ham rasmiy ravishda afv etgan edi.

Oq uy ushbu afvlarni AQSh zamonaviy tarixidagi eng yirik afv qarori sifatida e’tirof etdi.

Jazolanganlarni ozod qilishda Tramp ham Baydandan orta qolmoqchi emas. U ham o'z pozitsiyasini qo'llamoqchi. AQShning 47-saylangan prezidenti Donald Tramp NBC News telekanaliga bergan intervyusida 2021-yil 6-yanvar kuni Kapitoliy tepaligida yuz bergan tartibsizliklarda qatnashgan ko‘plab shaxslarni afv etishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. "Men birinchi kunning o‘zidayoq harakat qilaman", - dedi Tramp.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu voqealar yuzasidan hukm qilingan ko‘plab tarafdorlari "axloqsiz, jirkanch joylarda uzoq yillardan beri ushlab turilgan". Biroq, Tramp barcha hukm qilinganlarni afv etmasligini va har bir holatni individual ravishda ko‘rib chiqishini ta’kidladi.

Eslatib o'tamiz, 2021-yil 6-yanvar kuni Tramp tarafdorlari Jo Baydenning prezidentlik saylovlaridagi g‘alabasi soxtalashtirilgan degan da’volar bilan Kongress binosiga bostirib kirishgan edi. Ushbu hodisalar davomida ko‘plab tartibbuzarlar va politsiya xodimlari jarohat olgan, to‘rt namoyishchi va bir huquqni muhofaza qilish xodimi halok bo‘lgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing