Jorja Meloni O‘zbekistonga tashrifini boshladi

O'zbekiston

Italiya bosh vaziri Jorja Meloni Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 28 may kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Asosiy muzokaralar 29-may kuni bo‘lib o‘tadi, biroq tashrif dasturi Samarqanddagi ramziy madaniy tadbirlar bilan boshlandi.

Jorja Meloni O‘zbekistonga tashrifini boshladi
Samarqand xalqaro aeroportida Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorj Meloni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan kutib olindi. Oliy martabali mehmon tashrifi sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.

Jorj Meloni kelishi bilanoq Prezident bilan birga YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Registon me’moriy ansamblini borib ko‘rdi. Mehmonga Mirzo Ulug‘bek, Sherdor va Tillakori madrasalarini o‘z ichiga olgan ansambl qurilishiga oid tarixiy ma’lumotlar, me’morchilik va bezak xususiyatlari haqida so‘zlab berildi.

So‘ng yetakchilar "Silk Road Samarkand" sayyohlik majmuasidagi "Boqiy shahar" tarixiy-etnografik bog‘ini ko‘zdan kechirdilar. Bosh vazirga o‘zbek xalqining madaniy boyligi, hunarmandchilik an’analari va amaliy san’atini namoyish etuvchi ekspozitsiya taqdim etildi. Madaniy dastur xoreografik jamoalarning chiqishlarini o‘z ichiga oldi.

Jorja Meloni tashrifining asosiy tadbirlari, shu jumladan oliy darajadagi muzokaralar va ikki tomonlama uchrashuvlar 29-may kuni bo‘lib o‘tadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing