Jou Bayden maxfiy ravishda Ukraina uchun qo'shimcha 24 milliard dollar so'radi

Dunyo

AQSh Prezidenti Joe Bayden maxfiy ravishda Kongressdan Ukraina uchun yana qo'shimcha 24 milliard dollar ajratilishini so'radi.

Jou Bayden maxfiy ravishda Ukraina uchun qo'shimcha 24 milliard dollar so'radi
Ushbu mablag'lar Ukraina armiyasiga harbiy yordam ko'rsatish va qurol-yarog' zaxiralarini yangilash uchun ishlatilishi kutilmoqda. Baydenning bu talabini ko'rib chiqish uchun AQSh Senati a'zolari dekabr oyida yig'ilishlari mumkin.

Ukrainada davom etayotgan urushda Amerika Qo'shma Shtatlari Ukrainaga katta miqdorda yordam ko'rsatmoqda. Baydenning yangi talabida ko'zda tutilgan 24 milliard dollar, Ukrainaning jangovar qobiliyatini yanada kuchaytirish, urushning uzoq davom etishini hisobga olib, qurol-yarog'lar va boshqa zarur materiallarni ta'minlashga yo’naltirilishiga rejalashtirilmoqda.

Davlat kotibi Entoni Blinkenning so'zlariga ko'ra, AQSh Ukrainaga 2025-yilda ham kerakli yordamni taqdim etishda davom etishini bildirgan. Blinkenning ta'kidlashicha, Amerika Qo'shma Shtatlari Ukraina jangovar qudratini oshirish uchun zarur bo'lgan barcha vositalarni taqdim etishga tayyor.

Bu esa Ukraina uchun nafaqat jangovar qudratni oshirish, balki urushni davom ettirish uchun xizmat qilishi mumkinligi tahmin qilinmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing