JSST: Dunyo mamlakatlarining yarmidan ko‘pida qizamiq epidemiyasi kuzatilishi mumkin
Dunyo
Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti ogohlantirishicha, agar shoshilinch profilaktika choralari ko'rilmasa, dunyo mamlakatlarining yarmidan ko'pida 2024-yil oxirigacha qizamiq epidemiyasi xavfi yuqori yoki juda yuqori bo'ladi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, agar shoshilinch choralar ko‘rilmasa, 2024-yil oxiriga kelib, dunyo mamlakatlarining yarmidan ko‘pida qizamiq epidemiyasi tarqalish xavfi juda yuqori ekanligidan ogohlantirdi.
Sababi mazkur kasallik hozirgacha Shimoliy va Janubiy Amerika qit’alaridan boshqa barcha mintaqalarda qayd etildi.
Mutaxassislarning fikricha, epidemiologik vaziyat yomonlashuvi koronavirus pandemiyasi davrida qizamiqqa qarshi emlash tadbirlari yetarli darajada tashkil etilmagani oqibatidir.
"Virus mintaqaning ko'p joylarida tarqalishda davom etar ekan, epidemiyani o'z vaqtida aniqlash va uni bartaraf etish vaziyatning yanada yomonlashishini oldini olish va mintaqada ushbu o'ta yuqumli kasallikni yo'q qilish yo'lidagi taraqqiyotni ta'minlash uchun o’ta muhimdir", — dedi JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Xans Klyuge.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, 2019-yili Yer yuzida qizamiq bilan kasallanish darajasi keskin oshib, so‘nggi 23 yildagi rekord ko‘rsatkichga yetgandi (869 mingta holat). Eng yomoni, o‘sha yili bu xastalikdan o‘lim statistikasi ham 2016-yilga nisbatan deyarli 50%ga ko‘paydi (207 ming holat).

Powered by Froala Editor