Kambag‘al oilalar xarajatining 80 foizini davlat qoplab beradi

O'zbekiston

Kambag‘al oilalardagi o‘zi harakatlana olmaydigan 23 ming odamga ota-onasi, turmush o‘rtog‘i, farzandlari, aka-ukasi yoki opa-singlisi qarab o‘tiribdi.

Kambag‘al oilalar xarajatining 80 foizini davlat qoplab beradi
Kelgusi yildan mahalladagi ijtimoiy xodimlar va xususiy sektor ishtirokida bu odamlarning 19 mingiga uyida, 4 mingiga esa kunduzgi qatnov asosida qarash yo‘lga qo‘yiladi.

Natijada, yaqiniga qarab turgan 15 ming aholining ishlashi uchun sharoit yaratiladi.

Xususiy sektor bunday xizmatni ko‘rsatgan kambag‘al oilalar xarajatining 80 foizini davlat qoplaydi.

Bu tajriba Toshkent shahrida 1 martga qadar, boshqa hududlarda yil oxiriga qadar yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing