Kelgusi o'n yil ichida dunyo qarz inqiroziga duch keladi
Iqtisodiyot
Amerikalik iqtisodchi Artur Lafferning bashorat qilishicha, jahon qarzi kelgusi o'n yillikda ba'zi mamlakatlar uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo'lgan inqirozga yuz tutadi. Uning ta’kidlashicha, 2023-yil sentabriga qadar global qarz 307,4 trillion dollarga yetib, 2013-yilga nisbatan 100 trillion dollarga oshgan.
Iqtisodchi 2023-yil sentabr oyida global qarz 307,4 trillion dollarni tashkil etib, rekord darajaga yetganini, jahon qarzi esa 2013-yildan buyon 100 trillion dollarga oshganini eslatdi. “Keyingi o'n yil qarz o'n yilligi bo'ladi, qarz butun dunyo bo'ylab eng yuqori cho'qqiga chiqadi. Bu yaxshilik bilan tugamaydi”, — deya bashorat qildi Laffer.
Maʼlumotlarga koʻra, hozirgi kunda jahon qarzi jahon yalpi ichki mahsulotining 336% ni tashkil qildi. Xalqaro Valyuta Jamg'armasi hisob-kitoblariga ko'ra, uni kamaytirish uchun 100 ga yaqin davlat sog'liqni saqlash, ta'lim va boshqa ijtimoiy ehtiyojlar uchun xarajatlarini qisqartirishga majbur bo'ladi.

Powered by Froala Editor