Kim Chen In harbiy ayg‘oqchi sun’iy yo‘ldoshning orbitaga muvaffaqiyatli uchirilishini nishonladi

Dunyo

Kim Chen In buni dushman kuchlarning “xavfli va tajovuzkor” harakatlari fonida “ko‘zni ochuvchi voqea” deb atadi. Janubiy Koreya Pxenyanga Rossiya yordami kelgan deb gumon qilmoqda.

Kim Chen In harbiy ayg‘oqchi sun’iy yo‘ldoshning orbitaga muvaffaqiyatli uchirilishini nishonladi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In harbiy ayg‘oqchi sun’iy yo‘ldoshning orbitaga muvaffaqiyatli uchirilishini nishonladi va “koinot qudratining yangi davri” boshlanishini e’lon qildi. Bu haqda KCNA davlat matbuoti xabar berdi.

21-noyabr kuni Pxenyan "Malligyong-1" sun'iy yo'ldoshini muvaffaqiyatli uchirgani haqida e'lon qildi. Bu mamlakatning ayg'oqchi sun'iy yo'ldoshni orbitaga chiqarishga uchinchi urinishi edi.

Davlat matbuotiga koʻra, Kim ushbu voqeani o‘zini himoya qilish huquqi sifatida ta’riflagan, bosh vazir Kim Tok Xun esa buni Shimoliy Koreyaning global miqyosdagi nishonlarga zarba berish qobiliyatining namoyishi sifatida ko‘rsatdi.

KCNA xabar berishicha, Milliy Aerokosmik Texnologiyalar Boshqarmasida Kim uchirishni dushman kuchlarning "xavfli va tajovuzkor" harakatlari sharoitida "ko'zni ochuvchi voqea" deb atagan.

Koinot agentligining tantanali ziyofatida qatnashgan Shimoliy Koreya yetakchisi “razvedka sun’iy yo‘ldoshiga ega bo‘lish o‘z-o‘zini mudofaa qilish huquqini to‘liq amalga oshirishdir, KXDR qurolli kuchlari bir lahzaga ham taslim bo‘la olmaydi yoki to‘xtatay olmaydi”, dedi.

Janubiy Koreya rasmiylarining aytishicha, so'nggi uchirilish katta ehtimol bilan Rossiya texnik yordami bilan bog'liq.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing