KXDRdan Rossiyaga qurol-yarog‘ yetkazib berish boshlangan bo‘lishi mumkin — mutaxassislar

Dunyo

Shimoliy Koreyadan Rossiyaga yuk avtomobillar qatnovi sezilarli darajada oshdi. Sun’iy yo’ldosh ikki davlat chegarasida yuk avtomobillar ko’payganini tasvirga oldi.

KXDRdan Rossiyaga qurol-yarog‘ yetkazib berish boshlangan bo‘lishi mumkin — mutaxassislar
Kim Chen Inning Rossiyaga so‘nggi tashrifidan so‘ng Rossiya va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi temir yo‘l qatnovi sezilarli darajada oshdi. Bu haqda "Beyond Parallel" nashri sun’iy yo‘ldosh suratlariga tayanib, xabar berdi.

5-oktyabr kuni Shimoliy Koreya-Rossiya chegarasi yaqinidagi Tumangan shahridagi temir yo‘l inshootida yuk vagonlarining “misli ko‘rilmagan soni” (kamida 73 ta) qayd etilgan. "Beyond Parallel" tahlilchilarining fikriga ko'ra, "so'nggi besh yil ichida ommaviy foydalanish mumkin bo'lgan sun'iy yo'ldosh tasvirlari ushbu obyektda ko'pi bilan 20 ta vagonni ko'rsatmoqda".

Mutaxassislar obyektning asosiy ombori hududida juda ko'p yuk tashish konteynerlarini payqashdi. U yerda aniq nima borligi noma'lumligicha qolmoqda. Biroq nashrning qayd etishicha, Tumangandagi obyektda ilgari bunday konteynerlar kuzatilmagan.

Mutaxassislarning fikricha, temir yo‘l harakatining keskin ortishi Shimoliy Koreya Rossiyaga qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar yetkazib bera boshlaganini ko‘rsatishi mumkin.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing