Ilon Mask AQSh saylovchilarga pul tarqatmoqda – bu qonuniymi?
Dunyo
Mashhur milliarder va tadbirkor Ilon Mask AQShda o‘tkaziladigan prezidentlik saylovlari oldidan ro‘yxatga olingan saylovchilarga pul tarqatishni boshladi. U buni so‘z erkinligini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi petitsiyaga imzo qo‘yish sharti bilan amalga oshirmoqda.
Maskning bu tashabbusi huquqshunoslar orasida muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ba’zilar buni qonunga zid deb hisoblashsa, boshqalar hali bir to‘xtamga kelgani yo‘q. AQSh qonunlariga ko‘ra, pul evaziga saylovchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish taqiqlangan.
Mask 5 ta shtatda – Jorjiya, Nevada, Arizona, Michigan va Shimoliy Karolinada petitsiyani imzolaganlarga 47 dollar, Pensilvaniyada esa 100 dollar to‘lamoqda. Shu bilan birga, u har kuni saylov kuniga qadar million dollarli yutuqni qo‘lga kiritish imkoniyatini ham taklif qilmoqda.
Bir million dollarli birinchi sovrin 19-oktyabr kuni Pensilvaniyada topshirilgan bo‘lsa, qatoraga ikkinchi g‘olib ham chiqqan. Ushbu kampaniyaning qonuniyligi hozircha ochiq qolmoqda.

Powered by Froala Editor