Lamborghini Babolat bilan hamkorlikda padel tennis maydoniga kirib kelmoqda
Sport
Lamborghini va fransuz sport anjomlari giganti Babolat padel tennis uchun o’zgacha raketkalarni yaratish maqsadida birlashdilar. Bu haqda HYPEBEAST xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu hamkorlik Lamborghini’ning mashhur uglerod tolasi mahoratini Babolat’ning raketa sport texnologiyalari bo'yicha tajribasi bilan birlashtiradi.
Ushbu hamkorlikning birinchi modeli BL001 yaqinda Imola (Italiya) shahridagi Lamborghini Arena’da Lamborghini bosh direktori Stefan Vinkelmann va Babolat bosh direktori Erik Babolat ishtirokida namoyish etildi. Atigi 50 dona cheklangan nashrdagi bl001 raketkasi Lamborghini super sport avtomobillarida qo'llaniladigan ilg'or materiallar va texnologiyalardan tayyorlangan va padel kortida betakror o’yin tajribasini taqdim etadi.
O‘zbekistonda ham mazkur yosh sport turi – padel tennis mavjud va uni BeFit klublari tarmog’ida uchratishingiz mumkin.
BeFit Sky premium segmentdagi klublarning yangi avlodi sanaladi va sport maqsadlaringizga erishishingiz uchun maksimal qulay shart-sharoitlarni, jumladan, ajoyib xizmat, zamonaviy binolar va hatto kichik masalalarda professional yondashuvni taklif etadi.
Padel tennis skvosh, tennis va stol tennisni o’zida mujassam etadi va bugungi kunda eng tez rivojlanayotgan sport turlaridan biri hisoblanadi. Padel tennisda o’yin, xuddi skvoshda bo’lganidek, shisha devorlar bilan o'ralgan, lekin to'r bilan bo'lingan kichik maydonda o’tadi. Yer yuzasi sun'iy o't va qumdan iborat. Ushbu sport turi uchun penopoliuretandan tayyorlangan maxsus raketka va tennis to'plaridan kichikroq to'plar kerak bo'ladi. Padel qat'iy ravishda juftlikda o'ynaladi (2 × 2).

Powered by Froala Editor