Litsenziya va ruxsat berish jarayonlari soddalashtirildi

O'zbekiston

Ruxsat beruvchi hujjatlarning ikki turi bittaga birlashtiriladi hamda litsenziyalash va avtorizatsiya jarayonlaridagi takrorlanuvchi jarayonlarni bekor qilinadi.

Litsenziya va ruxsat berish jarayonlari soddalashtirildi
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan litsenziya va ruxsat berish jarayonlarini soddalashtirish munosabati bilan Hukumatning ayrim qarorlariga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritildi.

Hujjat bilan quyidagilarga taalluqli oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritilmoqda:

ruxsat beruvchi hujjatlarning ikki turini bittaga birlashtirish;
tovarlarning maxsus turlarini eksport va import qilish uchun litsenziya pasportini tasdiqlash;
Oʼzbekiston Prezidenti va Hukumati qarorlariga muvofiq eksport qilinishi lozim boʼlgan tovarlar va mahsulotlarni eksport qilish uchun ruxsatnoma pasportini tasdiqlash;
ayrim ruxsat berish jarayonlarini, shuningdek, litsenziyalash va avtorizatsiya jarayonlaridagi takrorlanuvchi jarayonlarni bekor qilish;
litsenziyalash, ruxsatnomalar va xabardor qilish sohasidagi vakolatli organlar nomlarini davlat boshqaruvida amalga oshiriladigan maʼmuriy jarayonlar bilan muvofiqlashtirish;
litsenziyalar va ruxsatnomalar tabiati bilan bogʼliq hujjatlarni berish muddatlarini ish kuniga koʼchirish.
Xususan, asosiy oʼzgartishlar Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʼgʼrisidagi yagona nizomga kiritilmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing