London aeroporti kuchli yong‘in sababli yopildi
Dunyo
Londondagi Hitrou aeroporti yaqinidagi elektr substansiyasida sodir bo‘lgan kuchli yong‘in tufayli aeroport yopildi. Bu haqida Sky News xabar berdi.
Hitrou dunyoning eng band aeroportlaridan biri bo‘lib, o‘tgan yili rekord darajada 83,9 million yo‘lovchini qabul qilgan. Har 45 soniyada bu yerga bir samolyot qo‘nadi yoki uchib ketadi.
Aeroport vakilining so‘zlariga ko‘ra, uning katta qismida elektr ta’minoti o‘chirilgan. Hozircha elektr ta’minoti qachon to‘liq tiklanishi noma’lum.
Aeroport 21-mart mahalliy vaqt bilan 23:59 gacha (22-mart O'zbekiston vaqti bilan 05:00 gacha) ishlamaydi.
Flightradar24 aviatsiya parvozlarini kuzatish sayti kamida 120 ta samolyot havoda bo‘lib, Hitrouga yo‘l olganini, biroq boshqa aeroportlarga yo‘naltirilishini ma’lum qildi.
Odatda, kechasi to‘xtatilgan reyslar mahalliy vaqt bilan 05:00 da (O'zbekiston vaqti bilan 10:00 da) qayta boshlanadi.
Yo‘lovchilarga aeroportga bormaslik va o‘z aviakompaniyasi bilan bog‘lanish tavsiya etildi, deb xabar berdi DPA agentligi.

Powered by Froala Editor