Chorvoqda yangi xalqaro turizm markazi quriladi

O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida barpo etiladigan “Sea Breeze Uzbekistan” xalqaro turizm markazi loyihasi bilan tanishdi. Ushbu loyiha hududning turizm salohiyatini yangi bosqichga olib chiqadi.

Chorvoqda yangi xalqaro turizm markazi quriladi
Bo‘stonliq tumani o‘zining tabiiy boyliklari – Chorvoq suv ombori, tog‘lari va xushmanzara maskanlari bilan mamlakatning eng jozibador turizm hududlaridan biri hisoblanadi. So‘nggi besh yilda bu yerga 2 trillion so‘mdan ziyod investitsiya kiritilib, 59 ta yangi turizm inshooti qurilgan va 13 mingdan ziyod mehmon qabul qilish quvvatiga ega ob’yektlar ishga tushirilgan.

“Sea Breeze Uzbekistan” loyihasi doirasida Chorvoq suv ombori atrofida mehmonxonalar, dam olish maskanlari, restoranlar, turar joylar va xalqaro brendlar do‘konlari barpo etiladi. Loyihada turli madaniy tadbirlar, festivallar va sport musobaqalarini o‘tkazish ham ko‘zda tutilgan. Shuningdek, ikkala qirg‘oqni bog‘lovchi yangi ko‘prik qurilishi rejalashtirilgan.

Prezident loyiha bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berib, uni xalqaro tajriba asosida bosqichma-bosqich amalga oshirish zarurligini ta’kidladi. Hukumat komissiyasi loyihaning huquqiy asoslarini ishlab chiqib, infratuzilma muammolarini hal etadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing