Maestro Spivakov va Elen Merse Samarqandda chiqish qildi

O'zbekiston

Samarqand Kongress markazida jahon san’ati yulduzlari — maestro Vladimir Spivakov va mashhur pianinochi Elen Mersyening konserti bo‘lib o‘tdi.

Maestro Spivakov va Elen Merse Samarqandda chiqish qildi
Bu konsert YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-mintaqalararo yig‘ilishi doirasida o‘tkazilib, tadbirning eng kutilgan va eng taassurotli lahzalaridan biriga aylandi.

Musiqa va mahorat uyg‘unligi tinglovchilar qalbini larzaga soldi, ularga unutilmas his-tuyg‘ular bag‘ishladi. Ushbu kecha san’atning xalqlarni birlashtiruvchi kuchi va YUNESKO g‘oyalarining yorqin namunasiga aylandi.

Ma’lumot O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning rasmiy kanalidan olindi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing