Mahalla raislarining vakolat muddati 3 yildan 5 yilga uzaytirildi

O'zbekiston

O‘zbekistonda fuqarolar yig‘inlari raislari vakolat muddati uch yildan besh yilga uzaytirildi. Bu haqida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasida so‘z boradi. Ushbu qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilindi.

Mahalla raislarining vakolat muddati 3 yildan 5 yilga uzaytirildi
Qonun loyihasi doirasida quyidagi o‘zgarishlar ko‘zda tutilgan:

Fuqarolar yig‘ini raisi vakolat muddati – endilikda fuqarolar yig‘ini raislari vakolat muddati uch yildan besh yilga uzaytiriladi.

Vakolat muddati tugatilgan taqdirda yangi saylov o‘tkazish tartibi – agar raisning vakolati muddati tugatilsa, yangi saylov orqali fuqarolar yig‘ini raisi saylanadi va bu saylov besh yil muddatga o‘tkaziladi.

Saylov vakolatlari o‘zgartiriladi – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining fuqarolar yig‘ini raisi saylovini o‘tkazish vakolatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga o‘tkaziladi.

Komissiyalarning vakolatlari o‘zgartiriladi – fuqarolar yig‘ini raislari saylovini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha komissiyalarning vakolatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyalariga o‘tkaziladi.

Mahalla qo‘llab-quvvatlash kengashlari tuziladi – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar mahallani qo‘llab-quvvatlash kengashlariga aylanadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing