Mahalliy aholi Fransiya prezidenti iste'foga chiqishini talab qilmoqda
Dunyo
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bir necha kun oldin bo'ron sodir bo'lgan Mayotta oroliga tashrif buyurdi. U yerda mahalliy aholi prezidentni olqish bilan emas, balki haqoratomuz hushtaklar va noroziliklar bilan kutib olishdi.
Fransiya prezidenti mahalliy aholi bilan suhbatlashishga qaror qildi, ammo ular uni iste'foga chiqishni talab qilishdi. Bu haqida BFMTV nashri xabar berdi.
Makron esa javoban, mahalliy aholi boshiga tushgan muammolar uchun o'zi emas, balki tabiat hodisasi-siklon aybdorligini tushuntirishga harakat qildi.
Ma'lumot o'rnida, o'tgan xafta sodir bo'lgan tabiiy ofat tufayli 30 dan ortiq odam halok bo'lgan, zararni esa 800 million yevroga baholashmoqda.

Powered by Froala Editor