Makron hukumatga bosh vazirlik uchun munosib nomzod topolmayapti

Dunyo

Fransiya bosh vaziri Mishel Barnier 4 dekabrda ishonchsizlik ovozi orqali hukumatdan ag‘darilganidan so'ng, Makron yangi bosh vazirni e'lon qilishi kutilgan edi. Biroq, so'nggi qonunchilik saylovlaridan so'ng Fransiya siyosatida yuzaga kelgan noaniqlik sababli, Makron o'z vorisini e'lon qilmadi va belgilangan 48 soatlik muddatni ham o'tkazib yubordi.

Makron hukumatga bosh vazirlik uchun munosib nomzod topolmayapti
Prezident payshanba kuni Polshaga safar qildi, lekin safarni qisqartirdi. U yangi bosh vazir tayinlash jarayonini yakunlashga harakat qilmoqda. Katta extimol bilan bugun bosh vazir tayinlanishi kutilmoqda.

Hozirgi nomzodlardan biri, siyosatchi Fransua Bayru, lekin uning nomzodi chap qanotda qarshi fikrlar uyg'otmoqda, shuningdek, o'ng qanotdagi sobiq Prezident Nikolya Sarkozi tomonidan rad etilmoqda.

Boshqa da'vogarlar orasida sobiq sotsialist bosh vazir Bernard Kaznev, mudofaa vaziri va sobiq tashqi ishlar vaziri Jan-Iv Le Drian ham bor.

Fransiya jamoatchiligi siyosiy inqirozdan charchagan va yangi hukumatdan yangi energiya va istiqbolli o'zgarishlar kutmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing