Makron Trampni Yevroittifoqqa qarshi savdo urushidan ogohlantirdi
Dunyo
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron AQSh prezidenti Donald Trampni Yevropa Ittifoqiga (YEI) qarshi savdo urushini boshlashdan ogohlantirdi. U AQShga bunday urush o‘rniga Xitoy bilan iqtisodiy raqobat, Yaqin Sharqdagi inqiroz va Ukrainadagi urushga e’tibor qaratishni maslahat berdi.
Makronning ta’kidlashicha, AQSh tomonidan YEI mahsulotlariga bojxona bojlarini joriy etish Amerika iqtisodiyotiga zarar yetkazishi va inflyatsiyani oshirishi mumkin. CNN telekanaliga bergan intervyusida u Vashingtonni Yevropa bilan ziddiyatga borish o‘rniga xalqaro muammolarga e’tibor qaratishga chaqirdi.
"Yevropa sizning ittifoqdoshingiz. Agar siz Yevropaning investitsiyalar, mudofaa va xavfsizlik masalalariga ko‘proq e’tibor qaratishini istasangiz, agar siz rivojlanishni xohlasangiz – menimcha, bu AQSh manfaatlariga mos keladi – unda Yevropa iqtisodiyotiga zarar yetkazmang va unga tariflar bilan tahdid qilmang", – dedi Makron.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Yevropa Ittifoqiga bojxona bojlarini joriy etish bilan tahdid qilgan edi. U buni AQSh va Yevropa o‘rtasidagi savdo taqchilligini kamaytirish zarurati bilan izohlagan. YEI esa bunga javoban o‘ziga xos javob qaytarishga tayyorligini bildirgan.
Tramp yaqinda AQShga po‘lat va alyuminiy importi uchun istisnosiz barcha davlatlarga 25 foizlik boj joriy etishini e’lon qildi. Bu qaror Trampning birinchi prezidentlik davrida ham qabul qilingan edi va AQSh hamda Bryussel o‘rtasida keskin savdo mojarosiga sabab bo‘lgan edi. O‘shanda YEI AQSh mahsulotlariga, jumladan, viski, Harley-Davidson mototsikllari va Levi Strauss brendining kiyimlariga maxsus bojlar kiritgan edi.
Trampning bojxona bojlari borasidagi yangi qarorlari AQSh va Yevropa o‘rtasida yangi savdo mojarosiga sabab bo‘lishi mumkin. YEI rasmiylari agar AQSh bojxona to‘lovlarini oshirsa, javob choralari ko‘rishga tayyor ekanliklarini bildirishgan.
Fransiya prezidenti esa YEI va AQSh o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni saqlab qolish muhimligini ta’kidlab, har ikki tomonning manfaatlarini hisobga olgan holda harakat qilish zarurligini aytdi. U AQShning Yevropa bilan iqtisodiy aloqalarini mustahkamlash o‘rniga bojxona to‘lovlari bilan tahdid qilishini noto‘g‘ri qaror deb hisoblashini bildirdi.

Powered by Froala Editor