Malayziya Bosh vaziri Toshkentdagi muzokaralardan so‘ng Samarqandga jo‘nab ketdi

Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan, Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turibdi.

Malayziya Bosh vaziri Toshkentdagi muzokaralardan so‘ng Samarqandga jo‘nab ketdi
Bu haqda O’zbekiston Bosh vazirining matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Malayziya Hukumati rahbari kecha Toshkent shahrida o‘tgan oliy darajadagi tadbirlar va muzokaralardan so‘ng bugun, 18-may kuni, Samarqand shahriga jo‘nab ketdi.

Oliy martabali mehmonni Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, Malayziya Bosh vaziri 18–19-may kunlari Samarqand va Buxoro shaharlariga tashrif buyurib, xalqimizning boy madaniy-tarixiy va ma’naviy merosi bilan tanishadi, qo‘shma biznes forumida ishtirok etadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing