Malayziyada O‘zbekistondagi diniy-ma’rifiy islohotlarga bag‘ishlangan film taqdimoti o‘tkaziladi
O'zbekiston
Malayziyada ilk bor O‘zbekistonning diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirayotgan islohotlariga bag‘ishlangan maxsus film namoyish etiladi. Mazkur loyiha Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, bugun Malayziya telekanallari orqali efirga uzatiladi.
Filmda O‘zbekistonning ilm-fan va madaniyat markazi sifatidagi boy tarixi aks ettirilgan bo‘lib, Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan tub islohotlarga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, buyuk mutafakkir allomalarning boy ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish va keng targ‘ib qilish borasida olib borilayotgan ishlar, Yangi O‘zbekistonda tashkil etilgan xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlarining faoliyati va erishilgan yutuqlari yoritilgan.
Mazkur film O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasidagi ilmiy-madaniy hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qilishi kutilmoqda. Shuningdek, diniy-ma’rifiy sohadagi keng ko‘lamli islohotlar, ijobiy o‘zgarishlar va muhim natijalarning Malayziya jamoatchiligi orasida keng targ‘ib qilinishiga hissa qo‘shishi maqsad qilingan.

Powered by Froala Editor