Malayziyaning “AirAsia X” aviakompaniyasi Toshkentga yangi parvozlarni rejalashtirmoqda
O'zbekiston
“Uzbekistan Airports” kompaniyasi Malayziyaning “AirAsia X” aviakompaniyasi bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvda Kuala-Lumpur va Toshkent o‘rtasida muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Ushbu uchrashuv kompaniyalar o‘rtasidagi 2024-yilda “Routes Asia” aviatsiya forumida boshlangan muzokaralarning davomi bo‘ldi, deya xabar berdi Uzbekistan Airports.
Aviakompaniya joriy yilning oktabr oyidan boshlab Airbus 320/321 samolyotlarida haftasiga uch martalik qatnovi bilan O‘zbekistonga parvozlarni boshlashni rejalashtirmoqda. Aviakompaniya, shuningdek, Toshkent orqali uchinchi davlatlarga bog‘lovchi reyslarni tashkil etish imkoniyatini ham ko‘rib chiqmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “AirAsia X” joriy yilning fevral oyida O‘zbekistonga muntazam parvozlarni amalga oshirishga ruxsat olgan.
“AirAsia” - Malayziyaning budjet aviakompaniyasi. Bu Osiyodagi eng yirik arzon aviakompaniya hisoblanadi. 25 mamlakatda 400 dan ortiq yo‘nalishlarga ichki va xalqaro reyslarni amalga oshiradi. Aviakompaniyaning asosiy tranzit markazi Kuala-Lumpur xalqaro aeroporti hisoblanadi.

Powered by Froala Editor