Markaziy bank asosiy stavkani 14 foizgacha oshirdi

Iqtisodiyot

Oʻzbekiston Markaziy banki boshqaruvi inflyatsion bosimning kuchayishi fonida pul-kredit sharoitlarini qatʼiylashtirishga qaror qildi. Asosiy stavka 0,5 foiz punktga oshirilib, yillik 14 foiz darajasiga yetkazildi. Mazkur choralar narxlar barqarorligini taʼminlash va inflyatsiyani jilovlashga qaratilgan.

Markaziy bank asosiy stavkani 14 foizgacha oshirdi
Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, 2025-yil boshida inflyatsiya oshdi va fevral oyi yakunlariga koʻra, yillik koʻrsatkich 10,1 foizni tashkil etdi. Bu koʻrsatkich yoqilgʻi, kommunal xizmatlar, transport, taʼlim va tibbiyot sohasidagi narxlar oshishi bilan bogʻliq. Aholi inflyatsion kutishlari 15,3%, tadbirkorlik subyektlari esa 13,8% darajasiga yetdi.

Regulyator taʼkidlashicha, inflyatsiyaning oshishiga aholi daromadlarining koʻpayishi, pul oʻtkazmalari va isteʼmol kreditlari hajmining ortishi sabab boʻlmoqda, bu esa chakana savdo va pullik xizmatlar hajmida aks etgan.

Qatʼiy pul-kredit siyosati umumiy taklif va talab muvozanatini saqlash, inflyatsiyani 2025-yil oxirigacha 7–8 foizgacha pasaytirish va oʻrta muddatda 5 foizlik maqsadli darajaga erishish imkonini beradi.

Asosiy stavka bo‘yicha navbatdagi yigʻilish 2025-yil 24-aprelga belgilangan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing