Mask sun'iy intellektni insoniyat uchun tahdid deb atadi
Dunyo
Sun'iy intellektni Mask tinchlik va zo'ravonlik maqsadlarida qo'llanilishi mumkin boʻlgan ikki qirrali qilichga o'xshatdi.
"SpaceX", "Tesla" va X ijtimoiy tarmog'i egasi Ilon Mask sun'iy intellektni insoniyat mavjudligi uchun potentsial tahdid deb hisoblaydi. Bu haqda u Buyuk Britaniyada sun’iy intellektdan xavfsiz foydalanish bo‘yicha xalqaro sammitda ma’lum qildi.
"Biz birinchi marta eng aqlli insondan ko'ra aqlliroq bo'lishi mumkin bo'lgan bir narsaga duch keldik. Biz boshqa mavjudotlarga qaraganda kuchliroq yoki tezroq emasmiz, lekin biz aqlliroqmiz va mana endi tarixda birinchi marta bizdan ham sezilarli darajada aqlliroq narsa paydo boʻlmoqda. Men buni nazorat qila olishimizga ishonchim komil emas, lekin men uni insoniyat uchun foydali bo'lgan yo'nalishga yo'naltirishga harakat qilishimiz mumkin deb o'ylayman ", dedi Mask.
Sun'iy intellektni insoniyat uchun eng katta tahdidlardan biri deb atagan Mask shiddat bilan rivojlanayotgan texnologiyani tinch va zo'ravonlik maqsadlarida qo'llanilishi mumkin boʻlgan ikki qirrali qilichga o'xshatdi.

Powered by Froala Editor