Jahon transfer rekordi: Mbappe €300 mln evaziga "Real"ga o'tmoqda

Sport

Bir qator OAVga ko'ra, "Parij Sen-Jermen" va "Real Madrid" Kilian Mbappe bo'yicha €300 mlnlik kelishuvga erishib, 2017 yilda "PSJ" Neymarni "Barselona"dan €222 mlnga sotib olganida o'rnatilgan jahon transfer rekordini yangilamoqda.

Jahon transfer rekordi: Mbappe €300 mln evaziga "Real"ga o'tmoqda
PSG Community xabariga ko'ra, "PSJ" va "Real Madrid" futbol super yulduzi Kilian Mbappeni €300 mlnga sotish bo'yicha kelishuvga erishib, jahon transfer rekordini yangilamoqda.

Fransiya nashri chorshanba kuni PSJning qatarlik egalari va "Real Madrid" vakillari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tgani va muzokaralar "tezlashgani" haqida xabar berdi.

PSJ Community ma'lumotlariga ko'ra, hujumchining dastlabki sotuvi narxi €250 mlnni tashkil qiladi, yana €50 mln bonus sifatida 24 yoshli futbolchining "Los-Blankos" safida o'tkazgan o'yinlari soniga va Mbappe "Oltin to'p" nomi bilan tanilgan dunyoning eng yaxshi o'yinchisi uchun eng yuqori individual mukofotni olishiga qarab to’lanadi.

Agar hisobot to‘g‘ri bo‘lib chiqsa va kelishuv amalga oshsa, “Real Madrid” 2017-yilda “PSJ” Neymarni “Barselona”dan €222 mlnga evaziga sotib olgan jahon transfer rekordini yangilagan bo‘ladi.

Mbappe o'sha yozda "Monako"dan ijara asosida "PSJ"ga o'tdi va bir yildan so'ng €145 mln va qo'shimcha to'lov sifatida €35 mln to'lanadigan doimiy shartnoma evaziga dunyoning eng qimmat o'smiriga aylangan edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing