MDH TIV rahbarlari natijalarni sarhisob qildi va kelajakni belgilab oldi

O'zbekiston

Olmaota shahrida Tojikiston TIV rahbari Sirojiddin Muhriddin raisligida MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

MDH TIV rahbarlari natijalarni sarhisob qildi va kelajakni belgilab oldi
Uchrashuvda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Turkmaniston va O‘zbekiston vakillari, shuningdek, MDH bosh kotibi Sergey Lebedev ishtirok etdi.

Vazirlar xalqaro kun tartibi va Hamdo‘stlik doirasidagi hamkorlikni muhokama qildilar. Chegara xavfsizligi masalalariga alohida e’tibor qaratildi: 2026-2030 yillarga mo‘ljallangan tegishli dastur loyihasi oktyabr oyida Dushanbe shahrida MDH davlatlari rahbarlari e’tiboriga havola etiladi.

Shuningdek, MDH Ko‘ngillilar forumini tashkil etish to‘g‘risidagi nizom loyihasi ma’qullandi va idoralararo sheriklikni faollashtirish bo‘yicha qator chora-tadbirlar kelishib olindi.

TIVK ikkita yangi tayanch tashkilot tuzishni ma’qulladi: Krasnodar oliy harbiy bilim yurti negizida - qurolli kuchlarning axborot xavfsizligi sohasida va Moskva sanoat ovqatlanish instituti asosida - o‘quvchilarning ovqatlanishi masalalarida.

Huquqiy yechimlar orasida voyaga yetmaganlar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish va aliment undirishni soddalashtirishga qaratilgan huquqiy yordam to‘g‘risidagi konvensiyaga o‘zgartirishlar kiritish loyihalari ham bor.

Bundan tashqari, qurolli kuchlarning qo‘shma aloqa tizimini, radiatsiya va kimyoviy nazoratni, xalqaro yetkazib berishni rivojlantirish bo‘yicha tashabbuslar, shuningdek, MDHda turizmni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun mukofot loyihasi muhokama qilindi.

Hamdo‘stlik Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi 9 oktyabr kuni Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing