Mehribonlik va bolalar uyidagi bolalar oilaviy muhitga qaytariladi

O'zbekiston

Prezident raisligida o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida, mavzuga doir bir qator vazifa va chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va ularning yechimi aholining faol hayotiga tatbiq etilishi to'g'risida mas'ul hodimlarga vazifalar yuklatildi.

Mehribonlik va bolalar uyidagi bolalar oilaviy muhitga qaytariladi
Joriy yilda mehribonlik va bolalar uylaridan 300 nafargacha bolalar oila muhitiga qaytarilganligi, hozirda oila muhitidan ajralgan holda ta'lim-tarbiya olayotgan yana 500 nafargacha bola borligi haqida aytib o'tildi. Shuningdek, mas'ul idoralarga Milliy gvardiya tajribasi asosida 500 nafarga yaqin bolani oila bolalar uyiga joylashtirish va ularga ta'lim olish uchun sharoit yaratish topshirildi.

Nazoratsiz va qarovsiz bolalar yashashga va o'qishga ixtisoslashgan maktablar ro'yxati qayta ko'rib chiqiladi, ularning bunday bolalar uchun 5% kvotasi bo'ladi. Bu maktablarga bolalarni Ijtimoiy himoya agentligi yo'riqnomasi asosida yuborish nazarda tutilgan.

Umuman, nogironligi bor hamda ota-ona mehridan bebihralik qilgan bolalar uchun sifatli ta'lim-tarbiya olish va oilaviy muhitga qaytish masalalarini muvofiqlashtirish Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori o'rinbosari Sh. Mirziyoevaga topshirildi.

Yig'ilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilarning hisobotlari tinglandi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing