Mercedes-Benz aksiyalari Xitoydagi savdolar pasayishi tufayli keskin tushdi

Biznes

Mercedes-Benz aksiyalari Frankfurt birjasida keskin ravishda 8,4 foizga tushdi, bu so‘nggi to‘rt yildagi eng past ko‘rsatkichdir. Bloomberg’ning xabar berishicha, bu pasayishning asosiy sababi Xitoy bozoridagi yomon savdolar bo‘lmoqda.

Mercedes-Benz aksiyalari Xitoydagi savdolar pasayishi tufayli keskin tushdi
Kompaniya vakillari aytishicha, Xitoyda S-Class va Maybach avtomobillarining sotuvlari yomonlashgani tufayli Mercedes-Benz o‘zining asosiy avtomobil bo‘linmasidan kutilayotgan foyda ko‘rsatkichlarini pasaytirdi. Oldin prognoz qilingan 11 foiz o‘rniga, hozirgi kutilayotgan daromad 7,5-8,5 foizni tashkil etishi mumkin. Kompaniyaning daromadi o‘tgan yilgidan sezilarli darajada kam bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Shuningdek, Mercedes-Benz Xitoydagi zavodlari ustidan nazoratni mahalliy BYD kompaniyasiga topshirgani ma’lum qilindi. Bu esa kompaniyaning Xitoy avtomobil bozorida o‘z pozitsiyasini yo‘qotayotganini ko‘rsatadi. Evropada esa ko‘plab zavodlar ishlab chiqarish hajmi bilan bog‘liq muammolarga duch kelmoqda, bu esa minglab ish o‘rinlari xavf ostida ekanligini anglatadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing