Migratsiya hududlari kengaymoqda: Endi o'zbekistonliklar BAAga ishlash uchun borishi mumkin
O'zbekiston
TIVda bo'lib o'tgan muzokaralarda O'zbekistondan BAAga ishlash uchun yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish bo'yicha kelishuvga erishildi.
O'zbekiston tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Olimjon Abdullayev Birlashgan Arab Amirliklari muvaqqat ishlar vakili Muhammad al-Zahiriy bilan uchrashdi.
TIV ma'lumotiga ko'ra, tomonlar o'zaro ishonch va hurmatga asoslangan ikki tomonlama munosabatlarning yuksak darajasini, avval erishilgan kelishuvlarning ro'yobga chiqarilishi borasidagi ishlar haqida suhbatlashdilar.
Muloqotda migratsiya masalalarini muhokama qilish doirasida O'zbekistondan BAAga ishlash uchun yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish bo'yicha kelishuvga erishildi. Xorijda mehnat qilayotgan O'zbekiston fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish darajasini oshirishga xizmat qiladigan mehnat migratsiyasiga uyushgan yondashuv muhimligi alohida qayd etildi.
Hamkorlikni yanada faollashtirish va o'zaro manfaatli natijalarga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish bo'yicha kelishuvga erishildi deb xabar bermoqda Dunyo AA.

Powered by Froala Editor