Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Malayziyaga jo‘nab ketdi
Siyosat
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bosh vazir Anvar Ibrohimning taklifiga binoan 4 fevral kuni Malayziyaga jo‘nab ketdi. Ushbu tashrif ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash va mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan.
Rasmiy dastur doirasida Kuala-Lumpurda oliy darajadagi muzokaralar, shuningdek, qator biznes va madaniy tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Iqtisodiy, investitsiyaviy va gumanitar hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan yangi bitimlar imzolanishi kutilmoqda.
Powered by Froala Editor