Misr TIV rahbari: G'azodagi zo’ravonlik zanjirini faqat AQSh uzishga qodir

Dunyo

Misr tashqi ishlar vaziri Sameh Shukriy AQShni G'azoda qon to'kilishining oldini olish uchun Isroilga ta'sirini kuchaytirishga chaqirdi. Bu haqda CNBC xabar berdi.

Misr TIV rahbari: G'azodagi zo’ravonlik zanjirini faqat AQSh uzishga qodir
Yakshanba kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida boʻlib oʻtgan Jahon Iqtisodiy Forumi yigʻilishida CNBC muxbiri Den Merfi bilan suhbatda Sameh Shukriy: “Faqat Qoʻshma Shtatlar sharoitlarga taʼsir oʻtkazish, barcha manfaatdor tomonlarni umumiy til topishga undash va zo’ravonlik zanjirini uzishga qodir”, — dedi.

Uning so'zlarini boshqa Arab rahbarlari Jahon Iqtisodiy Forumi yig'ilishida qo'llab-quvvatladilar, ular G'azodagi urushni tugatish Qo'shma shtatlarga bog'liq deb hisoblaydilar.

Misr tomonidan ilgari surilgan yangi taklif G'azo janubidagi bir milliondan ortiq odam boshpana topgan Rafax shahriga ehtimoliy hujumni to'xtatishga qaratilgan.

Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxuni hujumni to'xtatishga chaqirgan ittifoqchilarning ogohlantirishlariga qaramay, Isroil bir necha hafta davomida Misr chegarasidagi shaharga kirish bilan tahdid qilmoqda. Falastin prezidenti Mahmud Abbos ham AQShni Rafahga hujumni to‘xtatishga chaqirdi.

Isroil 7-oktyabr kuni HAMAS boshchiligidagi terrorchilik hujumlariga javoban 2,3 millionga yaqin odam yashaydigan G'azo sektoriga oziq-ovqat va suv yetkazib berishni qisqartirdi. Ushbu terrorchilik hujumlari oqibatida Isroilda 1200 ga yaqin odam halok bo'ldi, yana 253 kishi garovga olindi. HAMAS tomonidan boshqariladigan sog'liqni saqlash vazirligining ma'lumotlariga ko'ra, Isroilning navbatdagi havo bombardimonlari va quruqlikdagi bosqini G'azoda 34 000 dan ortiq odamning o'limiga olib keldi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing