Misrda O'zbekiston savdo uyi ochiladi

O'zbekiston

O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Misrning "Al-Nasr eksport-import" kompaniyasi rahbarlari 2-iyun kuni Misrda o'zbek kompaniyalari mahsulotlarining distribyutorlik markazi va savdo uyini ochish bo'yicha bitimni imzolandi, deb xabar bermoqda "Dunyo" axborot agentligi.

Misrda O'zbekiston savdo uyi ochiladi
Kelishuv O'zbekiston va Misr o'rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarini yanada mustahkamlash hamda ishbilarmonlar hamkorligini kengaytirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, muloqot chog'ida O'zbekiston va Misr o'rtasida o'zbek tovarlari uchun bir yoki bir nechta savdo uylarini ochish, Misrda har ikki tomon uchun maqbul bo'lgan shartlarda distribyutorlik markazi va ishlab chiqarish kooperatsiyasini tashkil etish orqali o'zaro savdoni rivojlantirish bo'yicha kelishib olindi.

Bundan tashqari, tomonlar o'rtasida mazkur kelishuvni faol ilgari surish bo'yicha ishchi guruh tuzildi.

Qayd etish joizki, ushbu savdo va distribyutorlik markazlari orqali Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlariga mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni eksport qilish rejalashtirilmoqda.

Onlayn muzokaralar yakunida, O'zbekiston Savdo sanoat palatasi delegatsiyasining Misrga tashrif buyurishini tashkil etish va Port Said erkin iqtisodiy zonasida mamlakatimiz kompaniyalari uchun alohida hudud ajratish bo'yicha ahdlashib olindi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing