Murodjon Ahmadaliyev – Inoue, nega mendan qochyapsan?

Sport

Bugun Murodjon Ahmadaliyev Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi. U 14-dekabr kuni Monte-Karloda tashkil etilgan boks oqshomida meksikalik Rikardo Espinozani 3-raundda nokautga uchratgan va WBA Interim kamarini qoʻlga kiritgan edi.

Murodjon Ahmadaliyev – Inoue, nega mendan qochyapsan?
14-dekabr kuni Monte-Karlo shahrida professional boks boʻyicha muhim jang boʻlib oʻtdi. Yarim yengil vazn toifasida sobiq jahon chempioni Murodjon Ahmadaliyev (13-1, 10 KO) oʻzini yana bir bor dunyoga namoyon etib, Rikardo Espinosa Franko (30-5, 25 KO)ni uchinchi raundda nokautga uchratdi.

Jang vaqtinchalik WBA chempionlik kamari uchun kechgan edi, Ahmadaliyev ushbu kamarni qoʻlga kiritdi.

Jangdan soʻng Murodjon oʻz divizionida mutloq chempion boʻlish maqsadini yana bir bor taʼkidladi. Buning uchun u yaponiyalik taniqli bokschi Naoya Inoue bilan toʻqnash kelish kerak. Ahmadaliyev jangdan keyin Inouega murojaat qildi:

“Men gʻalaba qozondim va istalgan vaqtda Inoue bilan jang qilishga tayyorman. Nima uchun u jang qilishni istamayapti, shu menga qiziq. Inoue, nega mendan qochyapsan? Men har doim tayyorman. Qoida bor: chempion oʻz kamarini himoya qilishi shart. Agar jang qilishni istamasang, kamarni vakant qoldir. Men oʻz divizionimning eng yaxshisiman va bunga munosibman”, dedi Ahmadaliyev.

Hozirda barcha uchun asosiy savol — Inoue va Ahmadaliyev jangini koʻrish qachon nasib qiladi? Agar ushbu jang amalga oshsa, bu butun boks olami uchun ulkan voqea boʻladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing